«Milliy tiklaniş» partiyasi raisi Alişer Qodirovning xabar qilişiça, partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga Behzod Musayev nomzodini ma'qullagan.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, «Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov bu ma'lumotni tasdiqlagan.

U ayni paytda siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan hukumatdagi yangi tayinlovlar masalasi körib çiqilayotgani, uşbu nomzodlar Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisida ma'qullanişi kutilayotganini ma'lum qilgan.

Davlat soliq qömitasi matbuot xizmati ham Kun.uz’ga berilgan ma'lumotda Behzod Musayev yuqori lavozimga kötarilayotganini tasdiqlagan.

Behzod Musayev 2018 yilning mayida Botir Parpiyev örniga DSQ raisi vazifasini bajaruvçi sifatida iş boşlagan, öşa yilning dekabrida uşbu lavozimga rasman tayinlangandi.

  • Qonunçilikka köra, parlament tomonidan ma'qullangan hukumat a'zosi nomzodi Özbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga 2018 yilning mayida Aziz Abduhakimov tayinlangan, 2019 yilning avgustidan u faqat ta'lim-tarbiya, turizm va sport masalalari bilan şuğullanişi ma'lum qilingan, 2020 yilning yanvarida esa Boş vazir örinbosari — Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Şu tariqa, boş vazir örinbosarlari soni 6 nafarga yetmoqda:

  • Boş vazirning birinçi örinbosari – Oçilboy Jumaniyozoviç Ramatov;
  • Boş vazir örinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri – Jamşid Anvaroviç Qöçqorov;