Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona koronavirusdan xoli hududga aylandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorlarning oxirgisi ham tuzalgani haqida ma'lumot berdi.
«Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan so‘nggi bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Darhaqiqat, yurtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan dastlabki kunlardan infeksiya tarqalishining oldini olish, bemorlarni samarali davolash borasida qat'iy va tizimli sa'y-harakatlar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan xoli bo‘lgan hududlar safi kengayib bormoqda.
Farg‘onada tuzalgan so‘nggi bemor (40 yoshli erkak) ushbu viloyatning Oltiariq tumanidan bo‘lib, koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Shunday qilib, viloyatdagi fidoyi shifokorlar sa'y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari ham koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ammo 9 may kuni viloyatda yana koronavirus aniqlana boshladi, ayni vaqtda viloyatda 15 nafar bemor bor.
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
13:42 / 23.04.2026
"Javobgarlar qochib qolishdi" – Farg‘ona sitida tok urgan bolaning ahvoli o‘nglanmayapti
09:14 / 23.04.2026