Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hayvonot bog‘i o‘z faoliyatini tikladi
Toshkent hayvonot bog‘i 16 maydan boshlab sanitariya-gigiyena talablariga amalga qilgan holda ish faoliyati tiklanishi haqida ma'lum qildi.
«Sevimli hayvonot bog‘imiz ertaga (16/05/20) tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochishi to‘g‘risida ma'lum qilamiz», - deyiladi xabarda.
Hayvonot bog‘iga kirish quyidagi cheklovlar bilan amalga oshiriladi:
1) hayvonot bog‘iga kirish 2 kishidan oshmaydigan guruhlarda amalga oshiriladi (oilaviy guruhlardan tashqari);
2) hayvonot bog‘iga tibbiy niqoblarsiz kirish taqiqlanadi;
3) dastlabki tibbiy ko‘riksiz kirish taqiqlanadi;
4) tashrif buyuruvchilarning bir joyda to‘planishi taqiqlanadi, 2 metrlik masofani saqlash lozim;
5) yaqin taktil aloqalardan (qo‘l siqish va hokazo) maksimal darajada chetlashish tavsiya etiladi;
6) agar dastlabki tibbiy ko‘rik paytida tashrif buyuruvchining tana harorati 36,8 darajadan oshsa (bahsli vaziyat yuzaga kelsa, o‘lchov takrorlanadi), tashrif buyuruvchiga hayvonot bog‘iga kirish taqiqlanadi, shaxsiy ma'lumotlar yozib olinadi va tibbiy muassasalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Hayvonot bog‘i hududida attraksionlar, ko‘ngilochar joylar va tez ovqatlanish nuqtalari faoliyati taqiqlanadi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026