Jahon | 15:15 / 19.05.2020
14328
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev maxsus bo‘linma askarining o‘limiga aloqador deb topildi

Bosh prokuraturaning qayd etishicha, ekspertiza marhumning zirhli nimchasi va kiyimidagi o‘q qoldiqlari "o‘q Atamboyevga tegishli ov miltig‘idan uzilganini tasdiqlagan". 

Foto: TASS

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev davlat milliy xavfsizliq qo‘mitasining "Alfa" maxsus bo‘linmasi askari o‘limiga aloqador deb topildi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasi ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, bu ish bo‘yicha zarur tergov tadbirlari o‘tkazilgan. Atamboyev va Kanat Sagimboyevning (sobiq prezidentning tansoqchisi) Usenbek Niyazbekovning (o‘ldirilgan "Alfa" askari) o‘limiga aloqadorligini tasdiqlovchi ashyoviy dalillar olingan.

Bosh prokuraturaning qayd etishicha, ekspertiza marhumning zirhli nimchasi va kiyimidagi o‘q qoldiqlari "o‘q Atamboyevga tegishli ov miltig‘idan uzilganini tasdiqlagan". 

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida uni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgandi. Amaliyot davomida maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari bunga javoban o‘t ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgan. 

Natijada bir kunga yaqin davom etgan to‘qnashuvlardan keyin Atamboyev taslim bo‘lishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid