Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlament tekshiruvi qanday bo‘ladi?
Oliy Majlis palatalariga mustaqil ravishda parlament tekshiruvi o‘tkazuvchi komissiyani tuzish va uni o‘tkazish vakolati berilmoqda. Shu bilan birga, Qonunchilik palatasi bilan Senat parlament tekshiruvlarini birgalikda o‘tkazish huquqini saqlab qolmoqda.
Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasi qizg‘in kechdi. Mazkur qonun loyihasi parlamentning nazorat funksiyasini takomillashtirishga qaratilgan.
Parlament saytida yozishicha, amaldagi “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlarni yoki voqealarni o‘rganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan parlament tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin. Ammo parlament tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibda bir qator kamchiliklar mavjud edi.
Ushbu huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Reglamenti to‘g‘risida”gi hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Loyiha bilan Oliy Majlis palatalariga mustaqil ravishda parlament tekshiruvi o‘tkazuvchi komissiyani tuzish va uni o‘tkazish vakolati berilmoqda. Shu bilan birga, Qonunchilik palatasi bilan Senat parlament tekshiruvlarini birgalikda o‘tkazish huquqini saqlab qolmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan qonun hujjatlarida belgilangan parlament nazorati shakllaridan biri bo‘lgan parlament tekshiruvini o‘tkazish amaliyotiga oydinlik kiritiladi. Oliy Majlisning har bir palatasiga parlament tekshiruvini o‘tkazish zaruriyatiga qarab mustaqil qaror qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlar yoki voqealar yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Majlisda qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
13:36 / 13.03.2026
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?
15:26 / 18.02.2026