Singapurda ilk bor internet orqali qatl hukmi chiqarildi
Singapur oliy sudi antiqa tarzda qatl hukmi chiqardi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida birinchi marta oliy jazo hukmi Zoom platformasida o‘tkazilgan videoanjuman orqali chiqarildi.
Ma'lum qilinishicha, oliy jazoga 37 yoshli malayziyalik erkak mahqum qilingan. U 2011 yilda giyohvand moddalar kontrabandasida qo‘lga tushgan. Singapur qonunlariga ko‘ra bu jinoyat uchun qatl jazosi belgilangan.
Amnesty International nohukumat tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda bunday jinoyatlar uchun Singapurda 13 kishi qatl etilgan.
Masofadan turib bunday qat'iy hukm chiqarilishi Singapur sud amaliyotida ilk bor amalga oshirildi. Ta'kidlanishicha, sudlarning videoanjuman shaklida masofadan ishlashga o‘tkazilishi koronavirus tarqalishi oldini olish masqadida joriy qilingan.
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024