Jamiyat | 09:33 / 21.05.2020
13387
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ikki jinoiy guruh bir korxonaning mulkini talon-toroj qildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning aprel oylarida noma'lum shaxslar Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharofobod mahallasi hududida joylashgan Xitoy Xalq Respublikasining kompaniyasiga qarashli tashkilot omborxonasidan 75 dona o‘ramda bo‘lgan konda ishlatiladigan maxsus "setka" va 85 dona armaturani yashirin ravishda talon-toroj qilib, kompaniyaga jami bo‘lib 142 905 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Sariosiyo tumani Sharofobod mahallasida yashovchi 7 nafar fuqaro turli vaqtda sodir etganligi aniqlanib, ulardan 36 dona setkalar va 85 dona armaturalar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 3 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan, 4 nafar fuqaroga nisbatan esa JKning 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari (ancha miqdorda bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid