Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda uy-joylar quruvchilarga bojxona imtiyozlari taqdim etildi
Prezidentning 19.05.2020 yildagi «Hududlarda ko‘p qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4718-son qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan quyidagilar bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi:
1.01.2021 yilgacha bo‘lgan muddatda – tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar, shuningdek yuk tashish transport vositalari (27 pozitsiya);
1.07.2020 yildan 1.07.2023 yilgacha bo‘lgan muddatda – ko‘p qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari.
Bojxona to‘lovlarini to‘lovchilarga 1.07.2020 yildan 1.07.2023 yilgacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlarini (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi taqdim etiladi. Bu import qilinadigan, qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarga tatbiq etiladi.
Hujjat 19.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:01
Uy qurilishiga ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi
08:40 / 10.07.2026
1000 metrli Jeddah Tower: bosh muhandis eng qiyin vazifani ochiqladi
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:48 / 03.07.2026