Jamiyat | 11:25 / 22.05.2020
10682
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda agronomlarni kaltaklagan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 13 may kunidan 14 may kuniga o‘tar kechasi, soat 03:00da noma'lum shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani «Bo‘zatao‘» OFY “Shag‘irli-Porlitao‘” yo‘lining 6-7 kilometri oralig‘ida joylashgan palatka ichida uxlab yotgan agronomlar, Namangan viloyatida yashovchi, 59 yoshli G.M. va Toshkent viloyatida yashovchi, 57 yoshli D.K.ni urib, ularga qasddan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada G.M. va D.K. olgan tan jarohatlari bilan Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Mo‘ynoq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Mo‘ynoq tumani «Bozatao‘» OFYda yashovchi fuqarolar 21 yoshli K.S., 26 yoshli A.S. va 19 yoshli N.R sodir etganliklari aniqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.S., A.S. va N.R. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganlar.

Mavzuga oid