Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Peskov koronavirusdan davolangach shifoxonadan chiqdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirusdan davolangach shifoxonadan chiqarildi. Hozirda u karantinda qolmoqda. Bu haqda uning rafiqasi Tatyana Navka ma'lum qildi.
Peskov bilan birga uning rafiqasi ham koronavirusga chalingan edi.
“Barchasi yaxshi. Katta rahmat, biz shifoxonadan chiqdik va o‘zimizni yaxshi qilmoqdamiz. Yana bir haftacha karantinda bo‘lamiz”, deb aytgan Navka Daily Storm nashriga.
Peskovning o‘zi ham bu ma'lumotni tasdiqlagan. U hozircha uyidan ishlab turishini ta'kidlab o‘tgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi o‘zida koronavirus aniqlanganini 12 may kuni ma'lum qilgan.
Peskov keyinroq “Kommersant” nashriga bergan intervyusida unda kasallikning ilk alomatlari hamkasblaridan biri koronavirusga chalingani sababli o‘zini izolyatsiyalaganidan keyin paydo bo‘lganini ma'lum qilgan. Peskov uyda 2-3 kun o‘tkazgach, o‘pkasini kompyuter tomografiyasi qildirgan. Tomografiya unda ikki tomonlama zotiljam ketayotganini ko‘rsatgan. Shundan keyin u rafiqasi bilan birga shifoxonaga yotqizilgan. Navka o‘tgan hafta shifoxonadan davolanib chiqqan.
Mavzuga oid
16:52 / 10.06.2026
Sherzod Asadov Moskvada Sergey Kiriyenko va Dmitriy Peskov bilan uchrashdi
09:03 / 02.06.2026
Rossiyada «oq ro‘yxat» tizimi kengaytiriladi
16:35 / 17.02.2026
Kreml Navalniyning zaharlanishi haqidagi ayblovlarni “qat’iy” rad etdi
11:12 / 31.10.2025