MSK raisi maqomi bo‘yicha Qonunchilik palatasi spikeriga tenglashtirilishi mumkin
“O‘zbekiston milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Ushbu Farmon loyihasiga ko‘ra, maqomi, moddiy-maishiy, transport va tibbiy ta'minot shart-sharoitlariga ko‘ra:
- Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeriga;
- MSK raisi o‘rinbosari – Qonunchilik palata Spikerining o‘rinbosariga;
- MSK kotibi – Qonunchilik palata qo‘mitasi raisiga;
- MSKning doimiy asosda ishlovchi a'zolari – Qonunchilik palata qo‘mitasi a'zolariga;
- MSK Kotibiyati xodimlari – Qonunchilik palata devonining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.
Shuningdek, Farmon loyihasida quyidagicha tartib belgilangan:
MSKning doimiy asosda ishlovchi a'zolari, mas'ul xodimlari va mutaxassislari uchun avvalgi ish joyida uzoq muddatli xizmati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar), alohida mehnat sharoitlari uchun berilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar saqlab qolinadi;
MSKda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi;
MSKning doimiy asosda ishlovchi a'zolari va xodimlarining lavozim maoshiga rag‘batlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, MSKdagi ko‘p yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha– 0,1; 5 yildan 10 yilgacha – 0,2; 10 yildan 15 yilgacha – 0,3; 15 yildan 20 yilgacha – 0,4; 20 yildan ortiq – 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar to‘lanadi;
MSKning doimiy asosda ishlovchi a'zolari, mas'ul xodimlari va mutaxassislarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalar) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun – lavozim maoshining 30 foiz, fan doktori (DSc) (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan daraja) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun – lavozim maoshining 60 foiz qo‘shimcha haq to‘lanadi;
MSKning haydovchilariga Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati xo‘jalik faoliyati boshqarmasi avtoxo‘jaligining haydovchilari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili
15:47 / 26.03.2024
Gurjistonda hukmron partiya MSK ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
13:17 / 20.06.2023
Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28 iyundan boshlanadi
20:23 / 01.05.2023