Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda «Neksiya-3» 11 yoshli bolani urib ketdi
YTH yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 23 may kuni soat 13:00larda, Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, “Bo‘ston” M.F.Y. hududidan o‘tuvchi mahalliy avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1992 y.t. S.X. “Neksiya-3” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirgan holda boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, voyaga yetmagan, 2009 y.t. S.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda 11 yoshli S.T. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan tezlik me'yorlariga amal qilishlarini, piyodalarga e'tiborli bo‘lishlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026