YeI diplomatiyasi rahbari dunyoda «Osiyo asri» boshlanganini aytdi
Uning fikricha, bu Qo‘shma Shtatlar xalqaro hamkorlikka yetakchilik qila olmagan keyingi o‘n yillikdagi eng jiddiy birinchi inqirozdir.
21 asrda Osiyo xalqaro masalalarda borgan sari muhim rol o‘ynaydi, dedi YeIning xalqaro ishlar bo‘yicha yuqori vakili Jozep Borrel.
"Birinchidan, biz Osiyo iqtisodiy, xavfsizlik va texnologiyalar nuqtai nazaridan borgan sari muhim rol o‘ynaydigan yetakchilarsiz dunyoda yashayapmiz. Tahlilchilar anchadan buyon Amerika tizimi yakuniga yetgani va Osiyo asri kirib kelganini gapirmoqda. Bu ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lmoqda", - dedi Borrel.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, "21 asr Osiyo asri bo‘ladigan bo‘lsa, bunda pandemiya ushbu jarayonning burilish davri sifatida esda qoladi".
Uning fikricha, bu Qo‘shma Shtatlar xalqaro hamkorlikka yetakchilik qila olmagan keyingi o‘n yillikdagi eng jiddiy birinchi inqirozdir.
"Ehtimol, ular bundan xavotirlanmas, ammo qayoqqa qarasak, AQSh va Xitoy o‘rtasida o‘sib borayotgan raqobatni ko‘rmoqdamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi Borrel.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024