Jamiyat | 08:35 / 27.05.2020
10358
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda nafaqaxo‘r otaxon o‘g‘irlikka qo‘l urdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Karmana tuman IIBga 1979 yil tug‘ilgan, “Kamolot” MFYda yashovchi U.B. ariza orqali murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

U noma'lum shaxs “Yangiariq” MFYda joylashgan Ohak va gips ishlab chiqarish shoxobchasiga devor orqali xufiyona ravishda kirib, umumiy 17 500 000 so‘m qiymatga ega bo‘lgan generator, drel, gaz baloni, gaz hisoblash apparati, gazodeftektor, 1 tonna 16 sm hajmdagi armatura hamda 6 sm qalinlikdagi simlarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1956 yil tug‘ilgan, Karmana tumani, “Yangiariq” MFY da yashovchi V.Sh. sodir etganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan V.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

“Jinoyat ko‘chasiga bilib-bilmay kirib qolgan yoshlarning xatti-harakatiga guvoh bo‘lganimizda, g‘o‘rlikka, beboshlikka yo‘yib, hayotning past-u balandini hali ko‘rmaganligini vaj qilamiz. Biroq, ulug‘ yoshdagi otaxonning qonunbuzarligini oqlashga hech bir sabab topilmaydi”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid