Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi boshlandi
Yo‘lovchilar poyezdga chiqishdan oldin yo‘l varag‘ini to‘ldirishlari va vaqtinchalik o‘rnatilgan tartibga xamda sanitariya gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi.
2020 yil 26 may kunidan boshlab Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishida 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati qayta tiklandi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Bildirilishicha, yo‘lovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin, faqat poyezdga chiqishdan oldin yo‘l varag‘ini to‘ldirishlari va vaqtinchalik o‘rnatilgan tartibga xamda sanitariya gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi.
Qayd etilishicha, qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
13:38
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
12:48 / 19.05.2026