Tramp: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak
Reuters agentligining xabar berishicha, koronavirus pandemiyasi bois AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni tezlashtirgan.
Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak, ammo shu bilan birga, u yerdagi voqealarni kuzatib borishi va zaruriyat tug‘ilganidan "qaqshatqich zarba" berishga tayyor turishi lozim. AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter sahifasida ana shunday fikr bildirdi.
"Biz Afg‘onistonda qurolli kuchlar emas, allaqanday politsiyadek turibmiz. 19 yil o‘tdi, ular mamlakatdagi tartibni o‘zlari saqlash vaqti keldi. Askarlarimizni uyga qaytarish kerak, ammo u yerda nima bo‘layotganini diqqat bilan kuzatish va zarur bo‘lganida misli ko‘rilmagan qaqshatqich zarba berish lozim", - deb yozdi AQSh rahbari.
Reuters agentligining xabar berishicha, koronavirus pandemiyasi bois AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni tezlashtirgan. Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, iyun boshlariga kelib bu yerdagi harbiy xizmatchilar soni 8,6 minggacha qisqaradi.
29 fevral kuni Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolangan edi. Bitimga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilari 14 oy ichida Afg‘onistondan harbiylarini olib chiqib ketishi kerak.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024