Samarqandda koronavirus bemorlari uchun shifoxona qurilmoqda
Samarqand shahrida joylashgan harbiy qismning bo‘sh turgan 18 gektar yer maydonida 100 o‘rinli zamonaviy shifoxona majmuasi qurilishi boshlandi.
O‘zA xabariga ko‘ra, turli xastaliklar, jumladan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan shifo maskani bugungi kun talablari asosida bunyod etilishi, davolash va reanimatsiya bo‘limlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu yerda tibbiyot xodimlari uchun turar joylar quriladi.
Bosh pudratchisi «Bunyodkor obod Pastdarg‘om» davlat unitar korxonasi bo‘lgan majmuani bir oy davomida qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mazkur hududga tutash harbiy shaharchadagi 9 gektar maydonda 1000 o‘rinli karantin kompleksi qurilishi boshlandi.
Ayni paytda bu yerga «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan konteynerlar keltirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa majmua uchun zarur tibbiy uskunalar, diagnostika va davolash jihozlari yetkazib bermoqda.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, viloyat hokimi E.Turdimov respublika qurilish vazirligi mas'ullari bilan birga mazkur obekt loyihasi va qurilish jarayonlari bilan tanishgan. Qurilishni sifatli, belgilangan me'yorlarga to‘la amal qilgan holda amalga oshirish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berilgan.
Mazkur tibbiy muassasalar kelgusida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024