Jahon | 01:07 / 30.05.2020
12285
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh JSST bilan barcha aloqalarni uzishini e'lon qildi 

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan barcha aloqalarni uzishini e'lon qildi. 

Foto: REUTERS/Leah Millis

Tramp o‘z qarorini JSST Vashington talab qilgan islohotlarni o‘tkazishdan bosh tortgani bilan tushuntirgan. Uning ta'kidlashicha, AQSh tashkilotga mo‘ljallangan 450 mln dollarni endi butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq ehtiyojlarga yo‘naltiriladi.

“JSST talab qilinayotgan islohotlarni o‘tkazishdan bosh tortgani sababli, biz bugun u bilan barcha munosabatlarni to‘xtatamiz va belgilangan mablag‘larni butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq shoshilinch ehtiyojlarga yo‘naltiramiz”, deb aytgan Tramp.

Uning ta'kidlashicha, JSST koronavirusning butun dunyoga tarqalishiga yo‘l qo‘yib, “o‘zining bosh vazifasini uddalay olmagan va buning uchun javob berishi kerak”. Avvalroq Tramp xalqaro tashkilotni Xitoy manfaatlari uchun ishlashda hamda koronavirus tarqalishi haqida yolg‘on ma'lumot tarqatishda sheriklik qilishda ayblagan.

Shu sababli AQSh prezidenti aprel o‘rtalaridan JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatgan, 19 mayda esa unga ultimatum qo‘ygan. U 30 kun ichida JSSTni isloh qilish bo‘yicha rejani taqdim qilishni talab qilgan. Bundan tashqari, Tramp JSST rahbariyatining Xitoy hukumati bilan ehtimoliy til biriktirishini tergov qilishni buyurgan.  

Mavzuga oid