Jahon | 21:40 / 31.05.2020
24143
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: AQSh shaharlarida komendantlik soati 

Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinishi jarayonida vafot etgani tufayli boshlangan namoyishlardan keyin Amerikaning o‘nlab shaharlarida komendantlik soati joriy etildi.  

Foto: AFP

Minnesota shtati gubernatori hozirgi namoyishlarda boshqa shtatlardan kelgan radikallar ham ishtirok etayotganini ma'lum qilgan. 

Minneapolisdagi aksiya ANADOLU AGENCY

Minneapolis, Vashington, Los-Anjyeles, Mayami, Portlend, San-Fransisko, Chikago, Atlanta, Indianapolis, Filadelfiya va yana bir qancha shaharlarda komendantlik soati joriy qilingan.

Los-Anjyelesdagi do‘konlar ustini tutun qopladi GETTY IMAGES

Minnesota gubernatori Tom Uoll Ikkinchi jahon urushi davridan buyon birinchi marta milliy gvardiyani to‘liq safarbar etdi. Los-Anjyelesda ham xuddi shu kabi choralar ko‘rilgan.

Minneapolisdagi aksiya ishtirokchilari masofa saqlashga harakat qilmoqda ANADOLU AGENCY

Jorj Floydning o‘limi butun mamlakatga yoyilgan namoyishlarga sabab bo‘ldi. Ayni vaqtda Amerikaning kamida 30 shahrida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Vashington politsiyachilari Oq uyga olib boruvchi yo‘llarni to‘sishdi GETTY IMAGES

30 may kuni norozilik aksiyalari talonchilikka aylanib ketdi.

NURPHOTO

Namoyishchilar do‘konlar va politsiyachilarning avtomobillariga hujum qilishmoqda, politsiyachilarga yonuvchi modda to‘ldirilgan idishlarni uloqtirishmoqda.

Ota-onasi bilan norozilik aksiyasiga chiqqan qizaloq AFP

Nyu-Yorkda kamida 20ta politsiya mashinasi yoqib yuborilgan, o‘nlab namoyishchilar qo‘lga olingan.

ANADOLU AGENCY

Qator shtatlarda politsiya namoyishchilarga ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘lladi. Namoyishlar davomida butun mamlakat bo‘ylab 1300dan ortiq kishi qo‘lga olingan.

Atlantadagi namoyishchilar shahar markaziga to‘plandi ANADOLU AGENCY

Los-Anjyelesda komendantlik soati mahalliy vaqt bilan soat 20:00dan 5:30gacha joriy etildi. Shahar meri Erik Garsetti u uchun hozirgi vaziyat - 1992 yilgi qo‘zg‘olondan buyon eng og‘ir vaziyatdir. O‘shanda ham afroamerikalik Rodni Kingni qo‘lga olish vaqtida qiynab o‘ldirib qo‘ygan oq tanli politsiyachiga oqlov hukmi o‘qilgani noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

ANADOLU AGENCY

Atlantada komendantlik soati e'lon qilingach ham, komendantlik soati boshlanganidan keyin ham namoyishlar to‘xtamadi.

Chikagoda namoyishchilar politsiya avtomobillarining derazalarini sindirishdi NURPHOTO

AQSh prezidenti Donald Tramp Floydning o‘limi «amerikaliklarning qalbini dahshat, g‘azab va alamga to‘ldirgani» haqida gapirgan.

Los-Anjyelesdagi namoyish ishtirokchisining qo‘lga olinishi GETTY IMAGES

Mavzuga oid