AQŞ Çegara nazorati xodimlari (USBP) şanba kuni, Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimi şoira Rene Gudni öldirganidan uç hafta ötmay, Minneapolisda bir erkakni otib öldirdi. Şaharda yana namoyişlar boşlandi.
Rasmiylar ma’lum qilişiça, federal agentlar qurboniga aylangan 37 yoşli Aleks Pretti AQŞ fuqarosi bölib, Minneapolisda yaşagan va faxriylar uçun möljallangan mahalliy şifoxonada işlagan.
AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi (DHS, USBP va ICE uning tarkibiga kiradi) marhumning qölida töpponça bölgani va federal agentlar uni qurolsizlantirişga uringanida u göyoki qarşilik körsatganini ma’lum qildi.
Minnesota ştati gubernatori Tim Uolz esa voqea joyidan olingan videoyozuv bu versiya butunlay yolğonligini körsatmoqda.
«Bu [noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraş böyiça] operatsiyalar töxtatilişi uçun yana qança amerikalik halok bölişi yoki jarohatlanişi kerak?» – dedi Minneapolis şahri meri Jyeykob Frey matbuot anjumanida.
AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Freyni va Uolzni tanqid qilib, ularni «qonunni buzayotgan odamlarning tarafini oliş»da ayblagan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Minneapolis şahri va Minnesot ştati rahbariyatini aholini «isyonga qözğaş»da aybladi.

Noem matbuot anjumanida Aleks Pretti federal agentlarga 9-millimetr kalibrli yarimavtomat töpponça kötarib kelganini, şundan keyin zobitlar uni qurolsizlantirişga uringani, u esa «tajovuzkor harakatlar qilgani»ni aytgan.
Vazirning sözlariga köra, zobitlardan biri özining va boşqa zobitlarning hayotidan xavfsirab, «özini himoya qiliş maqsadida öt oçgan».
Minneapolis politsiyasi ma’lumotiga köra, öldirilgan şaxsning qurolga egalik qiliş böyiça hujjatlari joyida bölgan.
Minnesot ştati gubernatori Tim Uolz avvalroq AQŞ prezidenti Donald Trampni ICE va çegara xizmatining Minnesotaga noqonuniy immigratsiyaga qarşi kuraş doirasida yuborilgan minglab xodimlarini olib ketişga çaqirgandi.
«Men bugun tongda federal agentlar tomonidan sodir etilgan navbatdagi dahşatli otişma voqeasidan söng Oq uy bilan gaplaşdim. Bu holat Minnesotadagilarning joniga tegdi. Bu jirkanç holat. Prezident bu operatsiyani töxtatişi kerak. Minglab tajovuzkor va öqitilmagan xodimlarni Minnesotadan olib keting. Hoziroq», – deya yozgan Uolz X ijtimoiy tarmoğida.




















