Jamiyat | 08:43 / 01.06.2020
32519
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahri hududi bo‘ylab stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 1 iyundan boshlab Samarqand shahri hududi bo‘ylab stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) ruxsat beriladi.

Fuqarolar avtotransportda ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishi kerak.

Avvalroq, Navoiy va Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlangandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid