Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbatdagi yangilanish iPhone va iPad’larda muammolar keltirib chiqardi
Ayrim foydalanuvchilar qurilmalari qattiq qizib ketayotganidan shikoyat qilgan.
iPhone va iPad egalari navbatdagi yangilanishlardan keyin qurilmalarida muammolar paydo bo‘lganini xabar qildi, deb yozmoqda ZDNet.
Apple qurilmalaridan foydalanuvchilarning aksariyati akkumulyator ishlash vaqti keskin kamayib ketganiga e'tibor qaratgan.
"Hattoki batareya hajmi ancha yuqori bo‘lgan iPhone 11 Pro Max foydalanuvchilari ham bundan shikoyat qilmoqda", — deyiladi xabarda.
Ayrim foydalanuvchilar esa qurilmalari qattiq qizib ketayotganidan shikoyat qilgan.
Yana kimlarningdir smartfoni iOS 13.5 versiyagacha yangilanganidan keyin muntazam o‘chib-yonadigan bo‘lib qolgan. iPad va iPad Pro foydalanuvchilari ham ana shunday muammoga duch kelgan.
Foydalanuvchilar shuningdek, App Store ilovalarini yuklab olishda va MP4 shaklidagi videolarni ko‘rishda muammo paydo bo‘lganidan shikoyat qilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026