Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kirish imtihonlari televideniye orqali ham translatsiya qilinadi
Bu yil kirish imtihonlari nafaqat internet orqali, balki «O‘zbekiston» telekanali orqali ham to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatib turiladi. Bu haqda 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifingda ma'lum qilindi.
Davlat test markazi rahbari Majid Karimovning ma'lum qilishicha, bu yil imtihonlardan oldin javob varaqasini to‘ldirish bo‘yicha maxsus rolik namoyish etiladi.
Shuningdek, kirish imtihonlari oldingi yillardagi kabi nafaqat internet orqali, balki «O‘zbekiston» telekanali orqali ham to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatib turiladi va hammada kuzatish imkoniyati bo‘ladi.
Abituriyentlar to‘plangan ballini bir kundan keyin, talabalikka tavsiya etilgan-etilmaganliklari (imtihon natijalari) bo‘yicha ma'lumotlarni esa oxirgi imtihon o‘tganidan so‘ng uzog‘i bilan bir hafta ichida olishlari mumkin bo‘ladi.
Anjumanda OTMlarga qabul jarayoni 15 iyundan boshlanishi, 2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
13:15 / 26.09.2023