2020/2021 öquv yili qabul jarayonini taşkil etiş yuzasidan dolzarb vazifalarga bağişlangan brifingda ma'lum qilinişiça, joriy yilda istisno ravişda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, Özbekiston tarixi va matematika) test bölmaydi.
Faqat 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi.
Bu holatda ballar quyidagiça belgilanadi:
- 1-blok - 30ta savol, har bir töğri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball töplaş mumkin;
- 2-blok - 30ta savol, har bir töğri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
Joriy yil test sinovlarida xuddi ötgan yilgidek maksimal 189 ball töplaş mumkin.
Test savollarini işlaş va javoblarni belgilaş uçun jami 3 soat vaqt beriladi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy öquv yilini sifatli yakunlaş, bitiruv va kiriş imtihonlarini taşkil etiş masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğilişda bu yil kiriş imtihonlarini soddaroq şaklda ötkaziş böyiça körsatma bergandi.
Keyinroq DTM kiriş imtihonlari uçun 2ta fan qoldirilişi rejalaştirilayotgani haqida ma'lum qilgandi.


















