Politsiya Zelenskiyning karantin vaqtida qahvaxonaga borganini o‘rganmoqda
Ukrainada karantin rejimini buzganlik uchun 17 ming griven (630 dollar) jarima belgilangan. Vladimir Zelenskiy agarda karantin qoidasini buzgan bo‘lsa, jarima to‘lashga tayyorligini aytdi.
Politsiya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qahvaxonaga borib karantin rejimini buzganligi holatini o‘rganmoqda. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashchenko ma'lum qildi.
Zelenskiy chorshanba kuni koronavirus pandemiyasi sababli mijozlarga faqat yozgi maydonchalarda o‘tirishga ruxsat berilganiga, umumiy ovqatlanish muassasalari 5 iyundan to‘laqonli ishlashi belgilanganiga qaramasdan Xmelnitskiydagi qahvaxonalardan birida qahva ichgan. Uning surati Facebook sahifasida joylashtirilgan.
Ukrainada karantin rejimini buzganlik uchun 17 ming griven (630 dollar) jarima belgilangan. Zelenskiy agarda karantin qoidasini buzgan bo‘lsa, jarima to‘lashga tayyorligini aytdi.
"Politsiya prezidentni birinchi marta jarimaga tortishi emas. Vladimir Zelenskiy 2019 yil aprelda byulletenini ko‘rsatganida ovoz berish sirini oshkor qilgani uchun jarimaga tortilgan. Shuning uchun politsiya bu masalani ko‘rib chiqmoqda. Bu yerda prezident va uning atrofidagilar aybdor yoki aybdor emasligini aniqlash kerak", - deya Gerashchenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UNIAN agentligi.
Ukrainada COVID-19 tarqalishi bois 12 martdan bir oylik karantin e'lon qilingan va bir necha marta uzaytirilgandi.
Mavzuga oid
17:24
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024