Jahon | 14:16 / 09.06.2020
9322
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada 60ga yaqin mafiya a'zosi qo‘lga olindi 

Qo‘lga olinganlar mafiya tashkiloti tuzish, saylovlarda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish, tovlamachilik va auksionlarda ko‘zbo‘yamachiliklar qilishda ayblanmoqda.

Foto: Polizia di Stato

Italiyada 59 kishi mafiyachilik faoliyatida ayblanib qo‘lgan olindi.   

Karabinerlar vakilining ma'lum qilishicha, operatsiya "mafiyaning tadbirkorlik va siyosat sohalaridagi ishtiroki"ni fosh etgan. 

Qo‘lga olinganlar mafiya tashkiloti tuzish, saylovlarda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish, tovlamachilik va auksionlarda ko‘zbo‘yamachiliklar qilishda ayblanmoqda.

la Repubblica gazetasining qayd etishicha, karabinerlar senator Luiji Chezaroning uch nafar ukasini ham hibsga olgan. Ularning ikki nafari uy qamog‘iga, uchinchisi esa qamoqqa olingan.

Avvalroq Italiyada 10dan ortiq davlat xizmatchilari mafiya bilan hamkorlikda gumonlanib hibsga olingandi

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid