Jahon | 22:06 / 09.06.2020
4119
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda alohida karantin rejimi 1 iyulgacha uzaytirildi

Bundan tashqari, 14 iyundan 16 iyungacha poytaxt Boku va yana to‘qqizta shahar hamda regionda qat'iy karantin rejimi o‘rnatiladi.

Ozarboyjon hukumati mamlakatdagi alohida karantin rejimini 1 iyulgacha uzaytirdi. Bu haqda vazirlar mahkamasi huzuridagi tezkor shtab ma'lum qildi.

"Ozarboyjondagi sanitar-epidemiologik vaziyatni tahlil qilib va keyingi kunlarda kasallik yuqtirishlar soni o‘sishini inobatga olib, alohida karantin rejimini 2020 yilning 1 iyuligacha uzaytirishga qaror qilindi", - deyiladi shtab xabarida.

Avvalroq mamlakatda 15 iyungacha alohida karantin rejimi joriy etilgandi. Bundan tashqari, 14 iyundan 16 iyungacha poytaxt Boku va yana to‘qqizta shahar hamda regionda qat'iy karantin rejimi o‘rnatiladi.

Hukumat shuningdek, koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatga kirish va chiqishga qo‘yilgan cheklovlarni ham 1 iyulgacha uzaytirdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Ozarboyjonda koronavirus yuqtirganlar soni 8200ga yaqinlashgan, 98 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid