O‘zbekiston | 08:04 / 11.06.2020
15616
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi qurildi

G‘urumsaroy qishlog‘idagi mazkur hudud 2,2 gektar maydonda barpo etildi. 

Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabi xabar bermoqda.

Tumanning G‘urumsaroy qishlog‘idagi mazkur hudud 2,2 gektar maydonda (karantin hududi va shifoxonaning umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etadi) barpo etildi. Elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi.

Qayd etilishicha, bu yerdagi maxsus konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat bo‘lib, 12 kvadrat metrli alohida kirish qismiga ham ega. Xonalar 4 kishiga mo‘ljallangan, konditsioner, televizor va dush bilan ta'minlangan. 

Endigi asosiy e'tibor karantin hududi bilan yonma-yon joylashgan 150 o‘rinli shifoxona qurilishiga qaratilgan. Bu yerda muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlari, oshxona, laboratoriya va dorixona barpo etiladi. 

Mavzuga oid