Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada yuz uchun shaffof niqob ishlab chiqildi
Shveytsariyalik tadqiqotchilar jamoasi yuz uchun shaffof jarrohlik niqobi ishlab chiqishdi. Bunday niqob imo-ishoralar yordamida muloqot qiluvchi eshitish qobiliyatida muammolarga ega odamlar uchun juda muhim hisoblanadi.
Niqoblar havo o‘tkazadi va zarur himoyani ta'minlaydi. Bundan tashqari, yangi niqoblar plastik panelli himoya ekranlari kabi terlamaydi.
Niqob Lozanna politexnika maktabi negizida tashkil etilgan HMCARE stratapi tomonidan ishlab chiqilgan. Startap ilmiy-tadqiqot ishlarini xayriya va grantlar hisobiga amalga oshiradi. Jumladan, jamoa shaffof niqoblarni ishlab chiqarish uchun 105 mln dollar yig‘a olgan.
Niqoblar polimer membranadan tayyorlangan bo‘lib, xira oyna ko‘rinishiga ega. Undagi tolalar bir-biridan 100 nanometr masofada joylashgan bo‘lib, virus va bakteriyalarni ushlab qolishga va shu bilan havo o‘tkazishga imkon beradi. Startap ushbu mahsulotni tibbiy xodimlar uchun 2021 yil boshidan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Ta'kidlanishicha, shaffof niqoblar yaratish g‘oyasi hozirgi koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelmay, ancha oldin paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilar jamoasi Afrikada Ebola bezgagi chaqirgan inqiroz vaqtida bunday niqob yaratish ustida ishlay boshlashgan.
Mavzuga oid
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026