Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Yevrosiyo» xalqaro teatr san'ati festivali o‘tkaziladi
Xalqaro teatr san'ati festivalini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro teatr san'ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi va soha vakillarining “Yevrosiyo” Xalqaro teatr san'ati festivali”ni 2022 yildan boshlab ikki yilda bir marta Toshkent shahrida o‘tkazish yuzasidan takliflari ma'qullanadi.
Quyidagilar:
festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi;
festivalni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi.
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Teatr Arboblari uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi:
festival o‘tkaziladigan yilning 1 martiga qadar xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrlar jamoalari ro‘yxatini shakllantiradi;
festivalda namoyish etiladigan spektakllarni saralash ishlarini amalga oshiradi;
festival o‘tkaziladigan yilning 1 apreliga qadar festivalning ochilish va yopilish marosimlari ssenariy va badiiy dasturlarini tayyorlaydi;
festival o‘tkaziladigan yilning 1 mayiga qadar festival doirasida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrshunos va san'atshunos olimlar, taniqli san'atkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar ro‘yxatini shakllantiradi;
festival o‘tkaziladigan yilning 1 sentyabriga qadar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamini nashrga tayyorlaydi va chop etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi festivalga tashrif buyuruvchi xorijiy ishtirokchilar va mehmonlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining viza talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalarini belgilangan tartibda konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona davlat qo‘mitasi festivalda ishtirok etuvchi xorijiy teatrlarning sahna asari bilan bog‘liq dekoratsiyalari va texnik jihozlarini O‘zbekistonga olib kirilishi va olib chiqilishida qisqa muddatda bojxona to‘lovlarisiz rasmiylashtirilishini ta'minlaydi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Madaniyat vazirligining talabnomasiga ko‘ra festival qatnashchilari va mehmonlar uchun oldindan mehmonxonalardan joy band (bron) qilish;
Festival doirasida tashkil etiladigan madaniy tadbirlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni turistik tashkilotlarni oldindan xabardor qilish va xorijiy sayyohlar ishtirokini ta'minlash;
Festivalning mahalliy, xorijiy ishtirokchilari va mehmonlariga Toshkent shahrida joylashgan mehmonxona xizmatlarini 50 foizgacha chegirma bilan tashkil etishni amalga oshirish choralarini ko‘radi.
Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan smeta asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
10:37 / 13.05.2026