Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotinida koronavirus aniqlangan Zelenskiy «maxsus ish rejimiga» o‘tadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning xotinida koronavirus aniqlangani sabab «maxsus ish rejimiga» o‘tadi. Bu haqda prezident rasmiy vakili xabar qilgan.
«Prezident Vladimir Zelenskiy xotini Yelenada COVID-19 aniqlangani sabab maxsus ish rejimiga o‘tadi. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident o‘z vakolatlarini hech kimga o‘tkaza olmaydi», deb prezident ofisining bayonotini keltirgan TASS. Ma'lum bo‘lishicha, Zelenskiyning salomatligi joyida va u o‘z vakolatlarini bajara oladigan holatda.
Ukraina prezidenti 12 iyun kuni xotinida koronavirus aniqlangach, oila a'zolari bilan birga test topshirgan va ularning barchasida natijalar manfiy chiqqan. Shu bois Zelenskiy ishlashda davom etishga qaror qilgan. Uning bu vaqtdagi faoliyati ham qonunchilikka, ham sanitariya normalariga to‘g‘ri kelishi eh'tiborga olingan va bu uchun maxsus protokol ishlab chiqilgan.
Belgilangan tartibga ko‘ra, Zelenskiy har kuni koronavirusga test topshiradi va tibbiy ko‘rikdan o‘tib turadi. U bilan muloqot qiladigan odamlar ro‘yxati qisqartiriladi, yig‘ilishlar onlayn rejimda olib boriladi. Davlat rahbari bilan shaxsiy uchrashuvlar vaqtincha bekor qilingan. Shuningdek, Zelenskiyning atrofida yuradigan qo‘riqchilari soni vaqtincha qisqartirilib, poytaxtdan tashqaridagi safarlar ortga surilgan.
Yelena Zelenskayada koronavirus aniqlangani haqida 12 iyun kuni prezident ofisining telegram kanalida e'lon qilingandi. Keyinroq birinchi xonim feysbukdagi sahifasida o‘zini yaxshi his qilayotganini yozgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026