Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning shimolidagi Borno shtatida jangarilar sodir etgan ikkita hujum oqibatida kamida 40 fuqaro va 20 harbiy halok bo‘ldi.
Reuters axborot agentligining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, hujumlar Monguno va Nganzay aholi punktlarida sodir etilgan. Jangarilar mahalliy shifoxonani egallab olishgan, shu sababli ba'zi yaralanganlar tibbiy yordamni shifoxonadan tashqarida kutishlariga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, jangarilar BMTning insonparvarlik markazi va mahalliy politsiya bo‘limini yoqib yuborgan.
Jangarilar mahalliy tilda mahalliy aholini harbiylar va xalqaro yordam guruhlari bilan hamkorlik qilmaslikka chaqiruvchi xatlar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu hujumlar “Islom davlati G‘arbiy Afrikada” (ISWAP) guruhining qo‘lidan 69 fuqaro halok bo‘lgandan bir necha kungina o‘tib sodir etilgan.
ISWAP (Islamic State's West Africa Province) 2015 yilda Nigeriyada 2002 yildan beri harakat qilib keluvchi “Boko harom” terrorchi guruhi otryadlaridan tashkil topgan.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025