Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada tijoriy raketaning uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Yaponiyaning xususiy kompaniyasi Interstellar Technologies 14 iyunga o‘tar kechasi o‘zi ishlab chiqargan MOMO rakesining navbatdagi parvozini o‘tkazdi. Biroq parvoz muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
Raketa starti muvaffaqiyatli kechgan, biroq raketa parvoz boshlangandan bir necha daqiqa o‘tib osmonda bo‘laklanib ketgan. Ayni vaqtda bunga nima sabab bo‘lgani noma'lum.
Ushbu raketaning parvozi dastlab 2019 yildayoq o‘tishi kerak bo‘lgan. Biroq bir qator sabablarga ko‘ra bir necha marta qoldirilgan. Raketani uchirishga urinishlardan oxirgisi may oyida koronavirus sababli bekor qilingan.
Raketa uzunligi 10 metr, diametri 50 sm bo‘lib, bir tonnaga yaqin keladi. Avvalgi safarlar kabi kompaniya raketani ishlab chiqish uchun mablag‘ni kraudfanding platformasi orqali to‘plagan. Bir qator homiy kompaniyalar tikilgan mablag‘lar evaziga o‘z mahsulotini antiqa tarzda reklama qilish imkoniyatini olgan. Bu urinishda raketa bortida sake butilkasi va “Panama geysha” navidagi kofe donlari bo‘lgan.
Ba'zi baholashlarga ko‘ra, raketa loyihasi 50 mln iyendan (445 ming dollar) oshadi. Kompaniyada kelgusida kichik o‘lchamli sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarishga mo‘ljallangan ixcham raketalar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yishga umid qilinmoqda.
Raketani fazoga chiqarishdan avvalgi 4 ta urinishdan 3 tasi ham turli texnik nosozliklar sababli muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Biroq 2019 yil mayida amalga oshirilgan parvoz rejadagidek o‘tib, raketa ochiq fazoga chiqib, 113 km balandlikka erishgan.
Mavzuga oid
16:44
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
10:35
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
18:57 / 15.06.2026