Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amsterdamda turistlar sonini cheklash uchun imzo to‘planmoqda
Agarda petitsiya 27 mingta imzo to‘plasa, shahar kengashi bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.
Foto Henk Seppen / BSR Agency / Getty Images
Amsterdam shahar kengashini shaharga keladigan turistlar sonini cheklashga chaqiruvchi petitsiya 18 mingdan ortiq imzo yig‘di, deb yozadi DutchNews.nl.
Petitsiyada yaqin besh yil davomida turistlar soniga cheklov o‘rnatish, yangi mehmonxona va dam olish uylari ochilishini taqiqlash taklif etilmoqda. Shuningdek, turistlar uchun soliq miqdorini ko‘tarish ham taklif qilingan.
Agarda petitsiya 27 mingta imzo to‘plasa, shahar kengashi bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, Niderlandiyaga turistlar sekinlik bilan qaytmoqda va hukumat Buyuk Britaniya va Shvetsiyadan tashqari Yevropaning boshqa mamlakatlaridan mehmonlarni kutayotganligini ma'lum qildi. Ammo buning uchun xorijliklar avvaldan mehmonxonani bron qilishi va ijtimoiy masofa saqlash tartibiga rioya qilishlari lozim. YeIga a'zo bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolariga hozircha Niderlandiyaga kirishga ruxsat berilmagan.
Mavzuga oid
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54 / 15.01.2026
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
13:46 / 12.01.2026