Jamiyat | 08:02 / 16.06.2020
11842
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahriga bosh soliqchi tayinlandi

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga boshliq tayinlandi.

Elyor Tolliyev Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

E. Tolliyev 1983 yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va deklaratsiyalashtirish sho‘'basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.


 
2004 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan. 

E. Tolliyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Oqdaryo tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Mavzuga oid