Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Butun dunyodagi qochqinlar soni 80 mln kishiga yetdi
2019 yilda o‘z mamlakatini tark etishga majbur bo‘lganlar soni deyarli o‘zgarmagan va 26 mln nafarga yaqinni tashkil etgan. Ularning 10 foizdan ozrog‘i Yevropaga kelgan.
Foto: Picture Alliance
Butun dunyoda urush, zo‘ravonlik, to‘qnashuv va ta'qiblardan xavotirlanib yashash joyini tark etgan insonlar soni yana oshdi. O‘tgan yil oxirida ular 79,5 mln kishi edi, bu 2018 yil oxiridagiga nisbatan 9 mln kishiga ko‘p, deb ma'lum qildi BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi.
BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandining so‘zlariga ko‘ra, qochqinlar sonining o‘sishi jahondagi nizolarni boshqarib bo‘lmayotgani bilan bog‘liq. SARS-CoV-2 koronavirus pandemiyasi esa vaziyatni yanada keskinlashtirdi.
"Qashshoqlikning o‘sishi, yechimlarning yo‘qligi va nizolarning davom etishi qochqinlar soni yanada o‘sishiga olib kelishiga shubha yo‘q", - dedi u.
Shu bilan birga, 2019 yilda o‘z mamlakatini tark etishga majbur bo‘lganlar soni deyarli o‘zgarmagan va 26 mln nafarga yaqinni tashkil etgan. Ularning 10 foizdan ozrog‘i Yevropaga kelgan.
Qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha Turkiya, Kolumbiya, Pokiston, Uganda va Germaniya yetakchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
14:14 / 08.01.2026
Germaniya TIV rahbari Grenlandiya masalasi tufayli AQShga BMT nizomini eslatdi
08:08 / 08.01.2026
AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda
13:19 / 03.01.2026