Jamiyat | 07:55 / 20.06.2020
54452
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda taksichilar orasida ham koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi

Toshkentda taksi haydovchisida koronavirus aniqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yunusobod tumanida taksi haydovchisida koronavirus topilgan. Ta'kidlanishicha, uning o‘zi borib tahlil topshirgan.

Bundan tashqari, Olmazor tumanida uy bekasi koronavirus bilan kasallangan. Uchtepa tumanida mahalliy tadbirkorda koronavirus aniqlandi.

Avvalroq, Toshkentda tug‘ilgan kunni birgalikda nishonlash holatidan keyin 13 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirganligi haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, so‘nggi vaqtda Sergeli tumani aholisi orasida koronavirus infeksiyasi tez-tez aniqlanmoqda.

2020 yil 19 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 946 nafarni tashkil etmoqda.  

Ayni paytda respublikada 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan. Mamlakatda 1654 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzuga oid