Soğliqni saqlaş vazirligi 18-19 iyun kunlari aholi orasida qayd etilgan kasallaniş holatlari böyiça batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi.

«Aholi orasida koronavirusga çalinganlar içida turli kasb egalarini köriş mumkin. Şuningdek, kasallaniş hududlar kesimida ham kengayib bormoqda. Ançadan buyon koronavirus aniqlanmagan yaşil hududlar ham bir zumda qizil hududga aylanayotgani kasallikni yuqtirib oliş xavfi yuqori ekanidan darak beradi.

Avval xabar qilganimizdek, 17 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 189 nafar bemorning 13 nafari aholi orasida aniqlangan bölsa, 18 iyun kuni esa 85 nafar bemordan 28 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma'lumotga köra, umumiy kasallaniş körsatkiçi pasaygan bölsa-da, aholi orasida koronavirusga çaliniş holati keskin oşganini köriş mumkin», deyiladi xabarda.

18 iyun kuni Toşkent viloyatida 14, Toşkent viloyatida 13, Qaşqadaryo viloyatida esa 1ta holat aholi orasida qayd etildi.

Jumladan, Toşkent viloyatida Toşkent tumanida yaşovçi fuqaroda, Zangiota tumanida yaşovçi fuqaro va uning uç nafar oila a'zosida, Örta Çirçiq tumanida yaşovçi 9 nafar fuqaroda, şuningdek, çaqiriq böyiça tez tibbiy yordam maşinasida Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi qabul bölimiga olib kelingan bemorda kasallik qayd etilgan.

Bugun soat 10:00ga qadar kasallik aniqlangan 88 nafar bemordan 10 nafari Toşkent şahrida aholi orasida qayd etilgan.

Jumladan, Yunusobod tumanida yaşovçi taksi haydovçisida (özi kelib namuna topşirgan), tana harorati kötarilgaç şifokorga murojaat qilgan Olmazor tumanida yaşovçi uy bekasida, Uçtepa tumanida yaşab, Sergeli tumanida oziq-ovqat dökonida işlovçi sotuvçida, xuddi şu tumandagi tuğruq ta'tilida bölgan uy bekasining( şu yilning 13 iyunidan tana harorati kötarila boşlagan) öğli va qizida hamda yana Uçtepa tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorda (özi borib tahlil topşirgan), Şayxontohur tumanida yaşovçi fuqaroda (12 iyundan tana harorati kötarila boşlagan) ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Mazkur kasallik aniqlangan fuqarolarning aksariyati tana harorati kötarilgaç, şifoxonaga murojaat qilişgan va namuna topşirişgan. 

Ayni paytda uşbu holatlar yuzasidan epidemiologik suriştiruv işlari olib borilmoqda. 

«Bundan taşqari, koronavirus aniqlangan poytaxtlik fuqaroning tuğilgan kun munosabati bilan ötkazgan tadbirida iştirok etgan 13 nafar oila a'zosi va qarindoşlariga yuqtirgani barçamizni huşyor torttirişi lozim. 

Şu bois, şu kunlarda  turli marosim va tadbirlar ötkazişdan vaqtinçalik tiyilib turişimiz, imkon qadar odamlarni töplamaslikka, aholi gavjum joylardan uzoqroq bölişimiz özimiz va yaqinlarimizning salomatligi uçun eng muhim qoida ekanligini unutmasligimiz kerak. Şu örinda hozir birgina ana şu voqea sabab qança kişi uy va statsionar karantinga olinganligini aytişni hojati ham bölmasa kerak. 

Xavotirli vaziyatdan kelib çiqqan holda Soğliqni saqlaş vazirligi, yana bir bor, aholini, jumladan, faoliyati tiklangan sohalarda mehnat qilayotgan fuqarolarni huşyorlikni yöqotmagan holda, karantin qoidalariga qat'iy rioya etişlarini sörab qoladi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.