Jahon | 01:46 / 23.06.2020
8750
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Shimolni psixologik urush olib borishda aybladi

Foto: Yonhap News Agency

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegara bo‘ylab Seulga qarshi tashviqot olib boriluvchi ovoz kuchaytirgichlarni yana o‘rnata boshladi. Bu haqda Janubning Yonhap axborot agentligi xabar berdi.  

Shimoliy Koreya vakillari chegaradagi qurolsizlashtirgan hududning kamida 40 ta joyida o‘nlab ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatishgan. Shundan keyin Seul ham shunday ovoz kuchaytirgichlarni o‘rnatish haqida o‘ylay boshlagan.

Ovoz kuchaytirgichlar 2018 yilda Koreyaaro sammit o‘tkazilgach va uning davomida tuzilgan tinchlik kelishuvlaridan keyin olib tashlangandi.

“Biz Shimolning psixologik urush olib borish bo‘yicha harakatlari ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqdamiz. Biz har qanday vaziyatga tegishlicha javob berish bo‘yicha qat'iy pozitsiyamizni saqlab qolamiz”, deb aytgan Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi vakili.

Janub va Shimol o‘zaro qarama-qarshiliksiz kechgan ikki yildan keyin yana ziddiyatga bormoqda va u tobora kuchayib bormoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid