Jahon | 21:34 / 23.06.2020
10570
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada 7,5 balli zilzila yuz berdi

Seysmologlarning ma'lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Krusesita shahridan 23 kilometr janubda joylashgan.

Foto: Reuters

Meksikada kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma'lum qildi.

Ma'lumot berilishicha, zilzila kuchi 7,4 ballni tashkil etgan. 

Meksika milliy seysmologiya xizmatining aniqlik kiritishicha, zilzila magnitudasi 7,5 ballga teng bo‘lgan. 

Seysmologlarning ma'lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Krusesita shahridan 23 kilometr janubda joylashgan.

Hozircha vayrongarchiliklar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot berilmagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid