Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 hududda abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish DXMlarda amalga oshiriladi
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladigan hududlar ma'lum qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi abituriyentlardan oliy ta'lim muassasalariga hujjatlar davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadigan hududlarni ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat qabul komissiyasining 2020 yil 1-sonli bayoni bilan respublikaning 8ta tumanida Davlat xizmatlari markazlari orqali 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi:
– Mo‘ynoq tumani DXM;
– Konimex tumani DXM;
– Tomdi tumani DXM;
– Uzun tumani DXM;
– Boysun tumani DXM;
– So‘x tumani DXM;
– Farg‘ona tumani DXM;
– Sardoba tumani DXM.
Bundan avvalroq oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tilishi, Davlat xizmatlari markazlari abituriyentlar hujjatlarini qabul qilmasligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?
13:15 / 26.09.2023
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?
11:46 / 31.07.2022
Ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda nazorat qilinadi
11:29 / 11.08.2021