Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston hukumatining 26 xodimida koronavirus aniqlandi
Xabar qilinishicha, hukumat apparati rahbari – vazir Taalaybek Temiraliyev hozirda izolyatsiyada.
Qirg‘iziston hukumati apparatining 26 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Tahlil natijalariga ko‘ra, 26 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ikki kun ilgari 11 kishida musbat natija tasdiqlandi, qayta tahlilda yana 15 kishi COVID-19ga chalingani ma'lum bo‘ldi. Ular orasida bosh vazir maslahatchilaridan biri Artyom Novikov va bosh vazir yordamchisi ham bor", - deyiladi xabarda.
Xabar qilinishicha, hukumat apparati rahbari – vazir Taalaybek Temiraliyev hozirda izolyatsiyada.
Kasallik aniqlangan barcha xodimlar uy karantiniga joylashtirilgan.
"Ko‘pchilikda kasallik belgilarsiz kechmoqda. Ular bilan muloqot qilgan shaxslar ham aniqlandi. Hukumat apparatining aksariyat xodimlari masofadan ishlashda dvom etadi", - deya ma'lum qilingan xabarda.
Bugungi kunda Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4500dan oshgan, 46 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
12:51 / 15.12.2025