Jahon | 07:37 / 29.06.2020
3579
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada prezident saylovlarining birinchi bosqichida g‘olib aniqlanmadi

Polshaning amaldagi prezidenti Anjyey Duda va muxolifat nomzodi Rafal Tshaskovskiy prezident saylovlarining ikkinchi bosqichiga o‘tishdi. Bundan Ipsos o‘tkazgan ekzit-poll ma'lumotlari darak bermoqda.

So‘rovnomaga ko‘ra, 28 iyunda o‘tgan saylovlarda Duda birinchi bosqichda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovozni to‘play olmagan. U uchun 41,8 foiz, uning raqibi Tshaskovskiyga 30,4 foiz saylovchilar ovoz bergan.

Saylovlarda 11 nomzod ishtirok etgan. Ularda ishtirok etish darajasi 62,9 foizni tashkil qilgan. 

Saylovlarning 2-bosqichi 12 iyulda bo‘lib o‘tadi.

Polsha davlat saylov komissiyasi rasmiy natijalarni 1 iyulgacha e'lon qilishni rejalashtirgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid