Jahon | 17:09 / 30.06.2020
3191
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi eng eski AESlardan biri yopildi

Yadroviy reaktorni buzish ishlari 2025 yilda boshlanadi va 2040 yilgacha davom etishi kutilmoqda. 

Fransiyadagi eng qadimiy atom elektr stansiyalaridan biri faoliyatini to‘xtatdi. Germaniya bilan chegarada joylashgan Fessenxaym AESning ikkinchi va oxirgi energobloki 29 iyun kuni o‘chirildi. Bu haqda Fransiyaning EDF energetika konserni xabar berdi.

Shunday qilib, mamlakat hukumati Germaniya va Shveytsariyaning AES faoliyatini to‘xtatish haqidagi uzoq yillik talabini bajardi.  

Yadroviy reaktorni buzish ishlari 2025 yilda boshlanadi va 2040 yilgacha davom etishi kutilmoqda. 

Parij ushbu stansiya yopilishiga qarshi chiqqan kasaba uyushmalariga 446 million yevro kompensatsiya to‘lashni va'da qilgan. Kasaba uyushmalari yuzlab kishilar ishsiz qolishidan xavotirlanmoqda. Germaniya va Fransiya ishsizlik yechini topdi – hududda texnopark quriladi.

Dastlab AES faoliyatini 2016 yil oxirigacha to‘xtatish rejalashtirilgandi. Bu AES reaktorlari 1977 yilda ishga tushirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid