Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida bosh reja loyihasiga muvofiq 14ta ajratma yo‘llar quriladi
Samarqand shahrining 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi ishlab chiqilib, uni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi hukumatga taqdim etilgan. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, shahar bosh rejasining asosiy ko‘rsatkichlarida Samarqand mahalliy tizimini turistik, ma'muriy-xo‘jalik, ilmiy, madaniy va sanoat markazi jihatidan yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bosh reja loyihasiga muvofiq 14 ta ajratma yo‘llar, 6 ta ko‘priklar qurilishi rejalashtirilgan. Xususan, Gagarin ko‘chasining davomini qurib kengaytirish hisobiga, M39 yo‘lini Xo‘ja Ahrori Vali ko‘chasi orqali M37 bilan bog‘lash, Navoiy shohko‘chasi davomini qurish orqali uni Al Xorazmiy ko‘chasi bilan bog‘lash va boshqa ko‘plab yangi yo‘l qurish ishlarini o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026