Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlarni 1 avgustgacha uzaytirdi
Iyun boshlarida Rosaviatsiya koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni muvofiqlashtiruvchi Rospotrebnadzorga 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarni qisman ochish taklifi bilan chiqqandi.
Rossiya havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) aeroportlar va aviakompaniyalarga mamlakatga xorij fuqarolari kirishiga qo‘yilgan cheklov uzaytirilganligi to‘g‘risida telegramma yubordi, deb xabar bermoqda RBK.
«Rossiya Federatsiyasiga xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov 2020 yil 31 iyul soat 23.59gacha amal qiladi», — deyiladi telegrammada. U
Iyun boshlarida Rosaviatsiya koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni muvofiqlashtiruvchi Rospotrebnadzorga 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarni qisman ochish taklifi bilan chiqqandi. Ammo bu taklif hozircha ma'qullanmadi, deb ma'lum qildi RBK manbalari.
Chegaralar qachon ochilishini tashqi ishlar vaziri Sergey Lavro ham bilmaydi.
«Biz Rossiya hukumatini epidemiologik holat nuqtai nazaridan xorijdagi vaziyat qandayligi hamda ular tashqi olam uchun qanday ochilayotgani to‘g‘risidagi axborot bilan real vaqt rejimida ta'minlab turamiz», — dedi u Russia Today’ga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026