Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi
Fransiya bosh vaziri lavozimini tark etgan Eduar Filipp o‘rniga mamlakat shimolida joylashgan Prad shahri meri lavozimini egallagan Jan Kasteks tayinlandi. Bu haqda Yelisey saroyida ma'lum qilindi.
“Respublika prezidenti Emmanyuel Makron Jan Kasteksni bosh vazir etib tayinladi va unga hukumatni shakllantirishni vazifasini topshirdi”, deyilgan xabarda.
55 yoshli Jan Kasteks pandemiya sababli kiritilgan karantindan chiqish bo‘yicha hukumat komissiyasiga rahbarlik qilgan. Bundan bir yil avval esa u Milliy sport agentligi prezidenti etib tayinlangan va Parijda 2024 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari bilan shug‘ullangan.
Avvalroq Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp iste'fo berdi. Makron uning iste'fosini qabul qilgan. Filippning iste'fosi sababi ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
10:07 / 23.05.2026