Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning maslahatchisida koronavirus aniqlandi
Unda koronavirus Janubiy Dakotada, Tramp ishtirokidagi tadbir oldidan aniqlangan.
Foto: Bryan Woolston / Reuters
AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘lar yig‘ishga mas'ul maslahatchisi Kimberli Gilfoyl koronavirusga chalindi. Bu haqda Trampning saylovoldi shtabi moliyaviy qo‘mitasi rahbari Serxio Gorga tayanib CNN xabar berdi.
«Test natijasi musbat chiqqanidan keyin Kimberli zudlik bilan izolyatsiya qilindi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda va tashxisni tasdiqlash uchun yana bir marta tekshiruvdan o‘tadi», — dedi Gor.
Unda koronavirus Janubiy Dakotada, Tramp ishtirokidagi tadbir oldidan aniqlangan, deb yozadi CNN o‘z manbasiga tayanib.
Yana bir manbaning aytishicha, Gilfoyl oxirgi vaqtlarda prezident bilan muloqotda bo‘lmagan, ammo iyun oxirida Tramp ishtirokidagi tadbirlarda qatnashgan.
AQSh COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2,7 mln kishi ushbu kasallikka chalingan, 129,4 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
18:22
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi
17:17
AQShni ixtiyoriy tark etgan noqonuniy migrantlarga 3000 dollardan pul beriladi
15:57
«Biz Grenlandiyani olishimiz kerak» - Tramp mineral resurslarga boy orolga ko‘z tikmoqda
15:44