Jahon | 11:01 / 08.07.2020
12141
2 daqiqa o‘qiladi

Ivan Safronov Chexiya razvedkasiga ma'lumot berishda gumonlanmoqda

Rossiyada FXX tomonidan hibsga olingan jurnalist Ivan Safronovni maxfiy ma'lumotlarni Chexiya razvedkasiga berganlikda gumonlashmoqda. Bu haqda uning ishini yuritayotgan «Komanda 29» advokatlar jamoasi boshlig‘i Ivan Pavlov ma'lum qilgan, deb yozadi «Meduza».

Foto: Yevgeniy Feldman / Meduza

Tergov versiyasiga ko‘ra, Safronov 2012 yilda yollangan va 2017 yilda u internet orqali Rossiyaning Yaqin Sharqdagi davlatlardan biri bilan harbiy hamkorligi to‘g‘risidagi maxfiy ma'lumotlarni sizdirgan.

Ayblov versiyasiga ko‘ra, chex maxsus xizmati AQSh rahbarligida harakat qilgan.

«Ish 6 iyul kuni, ya'ni kecha qo‘zg‘atilgan. Lekin unda allaqachon tikilgan va raqamlangan yettita tom bor. Bunaqasi dastlabki surishtiruv ishlaridan yillar o‘tgan bo‘lsa ham kamdan kam holatda bo‘ladi. Jurnalist ustidan uzoq kuzatish olib borishgan», — degan Pavlov.

Safronovning o‘zi unga qarshi qo‘zg‘atilgan ish o‘zining jurnalistik faoliyati bilan bog‘liqligini aytib, aybdorligini rad etmoqda.

Ivan Safronov 7 iyul kuni ikki oyga hibsga olindi. FXX unga nisbatan rasmiy ayblovni 13 iyul kuni e'lon qilishni rejalashtirmoqda. 

Mavzuga oid