Davlatga xiyonatda ayblanayotgan jurnalist: Rossiyada harbiy mavzularda qalam tebratgan Safronovni FXX hibsga oldi
|13:58 / 08.07.202024 13512 min
Moskvada jurnalist Ivan Safronov FXX tomonidan hibsga olindi. Uni davlatga xiyonatda ayblaşmoqda. FXX boş idorasi joylaşgan Moskvadagi Lubyanka maydonida Safronovni qöllab piketga çiqqan jurnalistlarni ham qölga olişmoqda.
FXX şu kungaça «Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozinning maslahatçisi bölib işlab kelgan, «Kommersant'» va «Vedemosti»ning sobiq jurnalisti Ivan Safronovni NATO davlatlaridan biriga davlat siri bölgan ma'lumotlarni berişda ayblamoqda
VALERY SHARIFULIN/TASS
FXXga köra, Safronov «NATO maxsus xizmatlaridan biri»ning topşiriqlarini bajargan va ular uçun «RF harbiy-texnik hamkorligi, mudofaasi va xavfsizligi haqidagi davlat siri bölgan ma'lumotlarni töplab, vakiliga uzatgan». Işning boşqa tafsilotlari ma'lum emas.
Rogozin şu yilning 18 may kuni lavozimga tayinlangan maslahatçisi haqida gapirar ekan, Safronovni «Roskosmos» faoliyatini yoritiş uçun taklif qilişgani, uning davlat korporatsiyasining yopiq ma'lumotlariga ega böliş uçun ruxsati bölmagani, Safronovning bir neça yildan buyon jurnalist sifatida tanişi hamda «uning yuqori kasbiy mahorati va insofliligiga şubha qilmasligi»ni aytib ötgan.
Xöş, jurnalist Safronov nimalar haqida yozgan? «Meduza» ulardan eng qiziqlari haqida ma'lumot keltirib ötdi.
Ivan Safronovning kasbiy qiziqiş doirasi «Kommersant'»da ham , «Vedemosti»da ham armiya va kosmos bölgan — u qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça xalqaro şartnomalar, yangi qurollarni sinaş, kadrlar tayinlovi, kosmik va mudofaa sanoati sohasidagi yirik avariyalarni suriştiriş, harbiy öquv maşqlaridan reportajlar uyuştiriş, harbiy operatsiyalarning borişi haqida maqolalar yoziş, mudofaa sanoat kompleksidagi korrupsiya va josuslik mojarolari haqida suriştiruvlar ötkazişi bilan maşhur bölgan.
Uning hamkasblari «Vanya jurnalist sifatida bajargan işlari uçun undan öç olişmoqçi», deyişmoqda.
Oliy martabali amaldorlarning maxfiy mukofotlanişi haqida;
Rossiya harbiy xizmatçilarining Suriyada halok bölişlari haqida;
Amerikaning ehtimolli josusining Kremldagi işi töğrisida;
Federatsiya Kengaşi spikeri Valentina Matviyenkoning ehtimolli iste'fosi töğrisida; (Şu maqolasi uçun Safronov Alişer Usmonov xöjayin bölgan «Kommersant'» gazetasidan ketgan. Söngra «Kommersant'»ning siyosat bölimi ham töliq iste'foga çiqqan)
Mavzuga oid
Rossiyaning Su-35 samolyotlarini Misrga yetkazib beriş haqida;
«Roskosmos» boş direktori Dmitriy Rogozin internetdagi çiqişlardan birida unga tuhmat qilingani uçun ariza yozgani haqida;
«Roskomos» milliy kosmik markazining raketa taşuvçi körinişidagi bölajak boş idorasi haqida;
Xalqaro kosmik ekipaj bortida bölgan raketa taşuvçining avariyasi haqida (barça tirik qolgan);
Amerika sanksiyalari tufayli Rossiya quro-yaroğlarining eksportiga doir muammolar haqida;
Havo sizib çiqqan Xalqaro kosmik stansiyadagi avariya sabablari haqida;
Xitoyda yangi raketa qurolini işlab çiqarilayotgani haqida;
* * *
Foto: Valeriy Sharifulin/TASS
«Komanda 29» huquqni himoya qiliş taşkiloti rahbari, advokat Ivan Pavlov «Meduza»ga davlatga xiyonat uçun qanday sud qilişlari, Safronov işi qanday rivojlanişi haqida gapirib berdi. U 5 advokatdan iborat jamoa tuzib, Safronovga sudda yordam beradi.
— Bunday işlarning farqli jihati şundaki, protsessual raqib yengilmas maxsus xizmat böladi. Nafaqat Rossiya miqyosida yengilmas, butun jahon miqyosida ham bölişi mumkin. Bu yetarli tarzda qudratli protsessual raqiblar köpinça seni duşman örnida körişdan boşlaydi. Ularning psixologiyasi, dunyoqaraşi şunday. Ularda özinikilar va duşmanlar bor, xolos.
— FXX duşmanlarimi yoki davlatning?
— Ular buni muştarak körişadi. Şuning uçun bu yerda istalgan provokatsiyaga tayyor turiş kerak. Hamma narsaga hozirlik köriş kerak. Albatta, ehtiyot ham böliş lozim.
Advokatning oğzini yopişga ham tezda harakat qilişadi. Oşkor etmaslik haqida tilxatlar yozdirişadi: nafaqat davlat sirini, umuman tergov ma'lumotlarini ham. Biror ortiqça gap aytsang bas — advokatga qarşi ham iş qözğab yuborişadi. Şuning uçun bunday işlarda yolğiz işlaş amalda imkonsiz. Bunday işlarga doimo jamoa bölib kirişiş kerak, biror kor-hol röy bersa kimdir jamoatçilikka xabar berişi uçun.
— Bunday işlar böyiça sud majlislari odatda yopiq ötadi, şunday emasmi?
— Ha. Barça majlislar yopiq ötadi, jumladan, ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagisi ham. Faqat hukm öqiladigan kun kiritişadi. Tergov esa doimo yopiq ötadi. Ma'lumot oliş mumkin bölgan yagona inson — advokat böladi. Çunki ayblanuvçi 99 foiz holatda hibsda böladi. Şu sababli özi heç narsa deya olmaydi.
— Tilxat yozgan advokat iş haqida nimalarni gapira olişi mumkin?
— Advokat hamma narsasini örtaga tikadi. Hattoki ozodligini ham, tergov materiallarini oşkor qilgan advokatlar sudlangan holatlar ham bor. Maqomidan ham ayrilişi mumkin, istalgan ayblov hukmi, hattoki şartli jazo tayinlangan bölsa ham uni kasbidan ayirişadi. Lekin masalani yeçadigan ma'lum bir taktika bor — jamoa bölib işlaş. Bu yopiq eşiklar ortida qanday bemaza işlar bölayotganini jamiyatga yetkazib turiş imkonini beradi.
— Bunday modda böyiça ayblanayotgan insonlar odatda oqlanişmaydi. Ayblanuvçilarda biror imkoniyat böladimi?
— Imkoniyat har doim, hammada böladi. Tarvuz qöltiqdan tuşmasa bölgani, kuraşiş kerak. Muvaqqat omadsizliklar mustahkamlikka raxna solmasligi lozim.
— 2001 yilda siz şu modda böyiça ayblangan jurnalist Grigoriy Paskoni himoya qilgansiz. Ivan Safronov işi bilan qandaydir parallellar keltira olasizmi?
— Albatta. Har ikki holatda jurnalistik faoliyat uçun sud qilişmoqda. Lekin davr özgargan. Öşanda butun jurnalistlar jamoatçiligi Grigoriyning himoyasi uçun turib bergan edi, hattoki markaziy TV kanallar ham uni himoya qilgandi. Hozir markaziy kanallar piça özgargan. Lekin baribir, jurnalistlar hamjamiyati hamon faol. Ivan Golunov işi bunga yaqqol misol. Hozir ham qalamkaşlar Ivan Safronov işi böyiça hokimiyatga reaksiya körsata oladi.
— Jamoatçilik diqqati şunday işlarda asqotadimi?
— Albatta. Svetlana Davidovning işini eslang. Jinoyat işini tugatiş — advokatlarning işi edi, lekin uni hibsdan ozod qiliş jamoatçilik diqqat-eʼtibori mahsuli.
— Nega şu modda bilan jurnalistning ketidan kelişganida qandaydir mantiq bormi? Pasko işidan söng oradan qariyb 20 yil ötdi-ku?
— Bunday işlar juda uzoq vaqt oçilmagani meni biroz taajjublantirmoqda. Bir neça yil avval olimlarga hujum boşlangandi, ularni dastlab hibsga olişgandi. Endi sizlarga navbat yetgan şekilli.
Sizlar risk guruhiga kirasizlar: çunki axborotni qayta işlaysizlar, manbalar hamda xorijiy hamkasblar bilan aloqada bölasizlar. Risk guruhiga kiriş uçun şu yetarli — axborot va xorijdagi tanişlar. Bularning barisi mutlaqo kutilgan narsa. Şuning uçun avvalroq bunday misollar uçramayotganidan hayron bölayotgan edim.
* * *
Savronov hozirça gumonlanuvçi maqomida qolmoqda, unga ayblov e'lon qilinmagan. FXX suddan uni hibsga olişni söragan.
Tergov davomida Safronov gumonlarni rad etgan va heç qanday jinoyat qilmaganini aytgan.
Savronov işi böyiça «Xolod» jurnali boş muharriri Taisiya Bekpulatovaning xonadonida ham tintuv ötkazilgan, deb xabar bergan «Agora» huquq himoyasi taşkiloti rahbari Pavel Çikov. Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarga köra, Bekpulatova bir neça yil davomida Safronov bilan uçraşib yurgan. Bekbulatova iş böyiça guvoh tariqasida jalb qilingan, deb yozmoqda TASS advokatlarga tayanib.
Kremldan yangragan ma'lumotlariga köra, Safronovning hibsga olinişi uning jurnalistik faoliyati bilan boğliq emas, degan Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Uning qöşimça qilişiça, «kontrrazvedka işining barça nyuanslari böyiça prezidentni xabardor qilişga aslo hojat yöq», şuningdek, Safronov işi alohida nazoratga muhtoj emas. «Kontrrazvedkaçilarimizda iş ham, yumuş ham köp, ular öz işlarini sifatli bajarişadi», — deb hisoblaydi Putinning matbuot kotibi. Peskov Safronovning jurnalistik materiallari çuqur ekspertiza bilan ajralib turişini ta'kidlagan. Ötgan yili Peskov Safronov «biz biladigan eng iqtidorli va professional jurnalistlardan biri», degan edi.
«Ivan — armiya va kosmos haqida yozgan Rossiyaning haqiqiy vatanparvari, çunki bu ikki sohaga sidqidildan qayğurardi», — deyiladi «Kommersant'» tahririyati bayonotida. Gazeta işni yuritişda maksimal oşkoralik va ommaviylik talab qildi. Bungaça tahririyat «Kommersant'» rahbariyati va jurnalistlariga huquqni muhofaza qiluvçi organlar murojaat qilmaganini bildirgan edi.
30 yoşli Ivan Safronov «Kommersant'»da 2010 yildan buyon işlardi. U noşirlik uyiga harbiy şarhlovçi bölib işlagan otasining örniga işga kelgandi. Otasi katta Ivan Safronov 2007 yilning 2 martida, özi yaşaydigan köp qavatli uyning zinapoya maydoni derazasidan qulab vafot etgandi. Tergov uning ölimida jinoyat alomatlarini topolmasdan, öz joniga qasd qilgan, degan xulosaga kelgan. «Kommersant'» jurnalistda joniga qasd qiliş uçun sabab yöqligini ta'kidlagan edi. Naşrga köra, ölimi oldidan katta Safronov Rossiya qurol-yaroğlarining Yaqin Şarqqa yetkazib berilişi haqida maqola tayyorlagan, bu esa «katta mojaroni keltirib çiqarişi mumkin bölgan».
Kiçik Safronov «Kommersant'»da 10 yilça işlagan. 2019 yilning mayida uni işdan böşatişgan. Jurnalistning özi işdan böşatilişi Federatsiya Kengaşi raisi Valentina Matviyenkoning ehtimolli iste'fosi haqidagi rezonansli materiali bilan boğliqligi, «Kommersant'»ning boş aksiyadori Alişer Usmonovda «jiddiy e'tirozlar» paydo bölganini aytadi. Şundan söng Safronov bir yilça «Vedomosti»da işlagan, yangi boş muharrir Andrey Şmarov kelgaç, köpçilik jurnalistlar qatori naşrni tark etgan.
Safronov «Kommersant'»dan böşaşidan ikki oyça avval gazetada Rossiya va Misr önlab Su-35 samolyotlarini yetkazib beriş böyiça 2 mlrd dollarlik şartnoma imzolagani haqida maqola çop etiladi. Safronov maqola hammualifi edi, «Kommersant'» matnda «mudofaa korxonalarining nomini oşkor etmagan ikki top menejyeri»ga havola bergan edi. Material 2019 yil 18 mart kuni gazetaning birinçi sahifasida çop etilgan. Keyinroq, maqola «Kommersant'» saytidan öçirib taşlangan. Biroq, uning original matnini boşqa saytlar köçirib bosişgan, boşqa bir neça OAV uşbu maqola asosida yangiliklar tarqatgan.
Maqola çiqqaç, AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo agar Misr Rossiya qurol-yaroğlari xarididan voz keçmasa, ularga nisbatan sanksiya joriy etilişini aytib ötadi. «Rosoboroneksport» şartnoma imzolangani töğrisidagi axborotni rad etadi. May oyida TASS öz manbasiga tayanib, Rossiya Misr bilan şartnoma doirasida Su-35 samolyotlarini işlab çiqarayotganini yozadi.
Ivan Safronovga nisbatan qöllanilayotgan RF JKning 275-moddasi böyiça 2019 yilda 8 kişi sudlangan, 2018 va 2017 yillarda — tört nafardan. Sönggi uç yilda bu modda böyiça sudlar birorta oqlov hukmi çiqarmagan.